» » 1-martdan pensionerning o‘z istagiga ko‘ra, pensiyani istisno tartibida naqdsiz shaklda to‘lashga ruxsat berildi

1-martdan pensionerning o‘z istagiga ko‘ra, pensiyani istisno tartibida naqdsiz shaklda to‘lashga ruxsat berildi


2017-yilning 1-martidan pensionerning o‘z istagiga ko‘ra, pensiyani istisno tartibida naqdsiz shaklda to‘lashga ruxsat berildi, deb yozadi Norma Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijroiya apparatining pensiya tayinlash metodologiyasi bo‘limi boshlig‘i Zafarjon Xo‘jayevga tayanib. Bunga butun pensiyani yoki uning bir qismini naqdsiz shaklda bank plastik kartochkasida olish istagidagi pensionerlardan Prezident vitual qabulxonasiga ko‘plab murojaatlar kelib tushgani sabab bo‘lgan.

Buning uchun pensiyani naqd pulsiz shaklda olish istagidagi pensionerlar yashash joyi bo‘yicha byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlariga tegishli ariza bilan murojaat qilishi kerak. Bank plastik kartasiga ega bo‘lmaganlar dastlab tijorat banklari muassasalarida shartnoma rasmiylashtirishi va uni olishi, shundan keyingina Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga murojaat qilishi kerak.

Bunda pensionerlarni nafaqani naqdsiz shaklda olishga majbur qilish, shuningdek, pensionerlarning nafaqa olish borasidagi erkin tanlovini cheklash maqsadidagi har qanday harakat kuzatilgan holatda, mansabdor shaxslarning javobgarligiga alohida e’tibor beriladi.

Eslatib o‘tamiz, pensiyalarni to‘liq hajmda naqd pulda to‘lashni ko‘zda tutgan O‘zbekiston Prezidentining 2-fevraldagi qaroridan so‘ng ayrim nafaqaxo‘rlar mazkur masalaning noaniqligicha qolayotganidan xavotirini bildirib, kartalarning ustun jihatlari: pulning tezroq tushishi, kommunal va boshqa xizmatlar uchun to‘lovning qulayligi va hokazolarni ma’lum qilgan edi.

Опубликовано: admin (21-02-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют