» » O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi


Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Osiyo—Tinch okeani guruhining Seul shahrida (Koreya Respublikasi) o‘tkazilgan oltinchi simpoziumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti va Koreya Respublikasi Moliyaviy razvedka bo‘limi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi ma’lum qildi, deb yozadi O‘zA.

Mazkur hujjatga ko‘ra, hamkorlik jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish faoliyati doirasida shubhali moliyaviy operatsiyalar va ularni amalga oshiruvchi shaxslar to‘g‘risida ma’lumot almashinuvi orqali olib boriladi.

Hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti tomonidan 21 xorijiy davlatning vakolatli organlari bilan bu turdagi hujjatlar imzolangan (AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Turkiya va boshqalar).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2018, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют