» » O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ochildi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ochildi


O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tadbirda universitet rektori Sherzod Qudratxo‘jayev barchani samimiy qutlab, hamkor tashkilotlar vakillariga sertifikatlar topshirdi.

Universitet taqdimotiga bag‘ishlangan film namoyish etildi, lentalar kesildi.

— 2018/2019-yilgi o‘quv yili tantanali boshlandi, — deydi universitet internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar fakulteti dekani Nozima Muratova. — O‘quv auditoriyalarining har birida media mahsulotlarni uzatish, ko‘rish imkoniyati yaratilgan, dars jadvallari ham elektron tarzda yo‘lga qo‘yilan. Bakalavr bosqichida 8, magistratura bosqichida 9 yo‘nalishda talabalar bilim oladi.

Ochilish marosimidan so‘ng mehmonlar universitetda amalga oshirilgan ishlar, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2018, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют