» » “IrAero” aviakompaniyasi Krasnoyarsk—Farg‘ona yo‘nalishida parvozlarini yo‘lga qo‘yadi

“IrAero” aviakompaniyasi Krasnoyarsk—Farg‘ona yo‘nalishida parvozlarini yo‘lga qo‘yadi


“IrAero” aviakompaniyasi oktabr oyidan Krasnoyarsk aeroportidan Farg‘onaga aviareyslarni amalga oshira boshlaydi. Bu haqda 7-sentabr kuni Krasnoyarsk aeroporti matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “Podrobno”.

“‘IrAero’ aviakompaniyasi Krasnoyarsk—Farg‘ona yangi muntazam yo‘nalishida chiptalar sotishni boshladi. Parvozlar 2018-yilning 7-oktabridan 2019-yilning 24-martiga qadar Sukhoi SuperJet 100 havo kemasida amalga oshiriladi”, — deyiladi matbuot xizmat xabarida.

Farg‘onaga reyslar yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Krasnoyarskdan parvozlar 14:30 da, Farg‘onadan 17:00 da amalga oshiriladi. Parvoz vaqti 3,5 soatni tashkil etadi. Chiptalarni aviakompaniya saytidan, kassalar va aviakompaniya vakolatxonalaridan xarid qilish mumkin. Bir tomonga parvoz narxi — 15 200 rubl (qariyb 1,8 mln so‘m)dan boshlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2018, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют