» » Turklar bilan hamkorlikda olinayotgan “G?ne?im benim” seriali uchun yetarli mablag‘ topa olmagan o‘zbek kino ijodkorlari “Yuraklar jangi” serialini boshladi

Turklar bilan hamkorlikda olinayotgan “G?ne?im benim” seriali uchun yetarli mablag‘ topa olmagan o‘zbek kino ijodkorlari “Yuraklar jangi” serialini boshladi


Prodyuser Ruslan Mirzayev jamoasi turk kinoijodkorlari bilan hamkorlikda “Yuraklar jangi” nomli dramatik serialni suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlarini boshladi. Bu haqda prodyuser Ruslan Mirzayev jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida ma’lum qildi.

“Yuraklar jangi” serialini suratga olish g‘oyasi “G?ne?im benim” O‘zbekiston va Turkiya kinoijodkorlari hamkorligida suratga olinadigan birinchi katta budjetli va keng qamrovli serialga tayyorgarlik jarayonlarida tug‘ilgan edi.

Hozircha “G?ne?im benim” seriali uchun yetarli mablag‘ topa olmadik. Telekanallarimiz katta mablag‘ berib, o‘zlarining muallifligida seriallar suratga olishdan ko‘ra, chet el ijodkorlari tomonidan suratga olingan seriallarni arzonroqqa sotib olishni ma’qul ko‘rishmoqda.

Katta mablag‘ sarflanadigan “G?ne?im benim” serialining suratga olish ishlarini boshlashdan avval, vaqt va mablag‘ nisbatan kamroq sarflanadigan “Yuraklar jangi” serialini boshlashga qaror qildik.

Serial voqealari Turkiya va O‘zbekistonning bir necha tarixiy shaharlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni vaqtlarda film uchun maxsus obyektlar hozirlash ishlari boshlandi. Serialda bosh rollarni turk va o‘zbek aktyor va aktrisalari ijro etadi. Aktyorlar tanlovi foto hamda video sinov natijasida amalga oshiriladi.

Ruslan Mirzayev, “Yuraklar jangi” seriali prodyuseri



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2018, 11:56)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют