» » Boliviyada shifokorlar 3 yoshli bolaning saraton aniqlangan buyragi o‘rniga sog‘lom buyragini olib tashladi

Boliviyada shifokorlar 3 yoshli bolaning saraton aniqlangan buyragi o‘rniga sog‘lom buyragini olib tashladi


Boliviyada uch yoshli bolaning buyragi shifokorlar xatosi tufayli olib tashlanishi butun xalqni oyoqqa turg‘azdi,deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Mamlakat prezidenti Evo Morales esa jabrdiyda bolaning oilasiga uy berish orqali tovon puli to‘lanishini haqida e’lon qildi.

Hodisa Santa-Krus shahri shifoxonasida yuz berdi. Shifokorlar yanglishib Sebastyan ismli bolaning saraton aniqlangan buyragi o‘rniga sog‘lom buyragini olib tashladi. Natijada bola shu zahotiyoq gemodializ apparatiga ulab qo‘yildi.

“Sebastyanning sog‘lom buyragi olib tashlanishi bizni qayg‘uga soldi, buning ustiga uning oilasi kam ta’minlangan. Shuning uchun davlar uning oilasiga ijtimoiy uy sovg‘a qiladi” — deb yozdi Morales Twitter’dagi sahifasida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2018, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют