» » Joriy yil O‘zbekistonning 1 millionga yaqin fuqarosi ishlash uchun Rossiyaga ketdi

Joriy yil O‘zbekistonning 1 millionga yaqin fuqarosi ishlash uchun Rossiyaga ketdi


Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev Rossiya Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda tomonlarning o‘zaro hamkorligi, jumladan, tashkillashtirilgan tartibda Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolariga patent berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sohalariga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

“O‘tgan 2017-yil ishchilarni tashkillashtirilgan tartibda qabul qilish haqida hukumatlararo kelishuv imzolangani va kuchga kirgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Rossiyalik ish beruvchilar talabiga javob beruvchi va o‘z davlatida immigratsiyaoldi tayyorgarligidan o‘tgan malakali xorij mutaxassislarini Rossiya hududida mehnat faoliyatiga jalb qilish O‘zbekiston qatori Rossiya uchun ham manfaatlidir”, deya ta’kidladi Aleksandr Gorovoy.

Vazirning birinchi o‘rinbosari xorijiy fuqarolarni ishga joylashtirishda patent olish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish maqsadida Rossiya tomoni hamkorlik qilishga tayyorligini qayd etdi.

Sherzod Kudbiyevga ko‘ra, shu yilning o‘zida millionga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaga ishlash uchun yo‘l olgan. U ikki davlatning migratsiya sohasidagi qonunchilik va xalqaro majburiyatlarga muvofiq hamkorligi yanada rivojlanishi va takomillashishiga umid bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2018, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют