» » O‘zbekiston – Misr biznes-forumi doirasida 470 million dollarlik bitimlar imzolandi

O‘zbekiston – Misr biznes-forumi doirasida 470 million dollarlik bitimlar imzolandi


O‘zbekiston – Misr biznes-forumi va kooperatsion birja ishtirokchilari tomonidan umumiy qiymati 470 million dollar bo‘lgan, shu jumladan Misr banklari bilan hamkorlikda 60 million dollarlik kredit bitimlarini o‘z ichiga olgan sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolandi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirlar Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiyning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida amalga oshirildi.

Savdo-iqtisodiy yo‘nalishning faol vakillarini birlashtirgan ushbu biznes-forum birinchi navbatda ikki davlat o‘rtasida savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi hamda turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi.

Tadbirda sohaga taaluqli vazirlik, idoralar, shuningdek Misr hamda O‘zbekistondagi yirik kompaniya va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

Biznes-forum davomida tomonlar o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ikki mamlakat o‘rtasida hududlararo aloqalarni o‘rnatish muhimligini ta’kidladilar. Bu borada 2018-yil avgust oyida Iskandariya va Namangan viloyatlari o‘rtasida tashqi savdo, investitsiya, madaniy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va sayyohlik sohalari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan shartnoma imzolangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2018, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют