» » Butunjahon sayyohlik shaharlari federatsiyasining 2021-yilgi sammiti Samarqandda o‘tkazilishi mumkin

Butunjahon sayyohlik shaharlari federatsiyasining 2021-yilgi sammiti Samarqandda o‘tkazilishi mumkin


7-sentabrda Xitoyning Sindao shahrida Butunjahon sayyohlik shaharlari federatsiyasining (WTCF) navbatdagi sammitida Samarqand shahri ilk bor ishtirok etdi. Bu haqda, Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmatiga asoslanib, O‘zA xabar bermoqda.

2012-yilda Pekin shahrida asos solingan mazkur federatsiya o‘tgan olti yil davomida a’zolari sonini 58 dan 202 tagacha kengaytirib, jahon miqyosida turizm sohasidagi yirik tuzilmalardan biriga aylandi. Ayni paytda 66 mamlakat shaharlari federatsiya a’zosi hisoblanadi.

Samarqand shahri mazkur sammitda mehmon sifatida ishtirok etdi va federatsiyaga a’zolik masalasi ko‘rib chiqildi.

Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B. Nurullayev shaharning sayyohlik salohiyati, sohani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. B. Nurullayev o‘z taqdimoti yakunida WTCF’ning 2021-yilgi sammitini Samarqand shahrida o‘tkazish taklifini bildirdi.

Federatsiya sammiti har yili o‘tkazilsa-da, ikki yilda bir marta Xitoy shaharlari mezbonlik qiladi. 2019-yilgi sammitni Xelsinkida (Finlyandiya), 2020-yilda esa yana Xitoyda tashkil etish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2018, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют