» » “Hilol” nashriyotida yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

“Hilol” nashriyotida yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi


8-sentabr kuni “Hilol” nashriyot-matbaa majmuasining majlislar zalida diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ikki asar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Islom.uz” xabar bermoqda.

Dastavval Muhammad Ayyub Homidov, Obid Mirhamidov, Abdulaziz Usmonov, Akmal Mirhamidovlar qalamiga mansub (g‘oya muallifi shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf) “Imomi A’zam” kitobiga to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilishning ikkinchi qismi Rahmatulloh Sayfuddinov (Sayyid Rahmatulloh Termiziy) qalamiga mansub “Mo‘min kishi — mukarram zot” asari taqdimotiga bag‘ishlandi. Ushbu kitobda mo‘min kishi o‘zida jamlashi kerak bo‘lgan go‘zal axloqlar haqida so‘z yuritiladi. Zero, bu axloqlarga ega bo‘lgan kishi mukarram zot hisoblanadi. Muallif ushbu maqsad hosil bo‘lishi uchun kitobning tilini oson qilib, zaruriy takrorlar bilan keltirib o‘tgan.

Taqdimot davomida ushbu nashrlar ustida ko‘p kishilik ijodiy jamoa ishlagani, jumladan musavvirlar, dizaynerlar, texnik mutaxassislar, sahifalovchilar kitobga o‘zgacha mehr bergani holda nashrga tayyorlashgani, bosmaxona jamoasi ushbu kitoblarning yuqori sifatda bosilishida alohida jonbozlik ko‘rsatishgani alohida e’tirof qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2018, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют