» » Kreml Putinning prezident saylovidagi so‘nggi ishtirokiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Kreml Putinning prezident saylovidagi so‘nggi ishtirokiga tayyorgarlik ko‘rmoqda


Kreml 2018-yilgi Rossiya prezidenti saylovlariga tayyorgarlik ko‘rishda ularda Vladimir Putin qatnashishini ko‘zda tutmoqda, deb yozadi “RBK” ikki nafar federal amaldorga tayanib. “Men u saylovda qatnashishiga shubha qilmayman”, — dedi nashr suhbatdoshlaridan biri.

“Hamma boshliq (Putin) saylovda qatnashishidan kelib chiqmoqda. Va hamma bu uning so‘nggi muddati bo‘lishini tushunyapti. 2024-yildan keyin ham (navbatdagi muddat tugaganda) qolish uchun u hech narsani o‘ziga moslab o‘zgartirmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi ikkinchi amaldor.

Kremldagi majlislardan birida Kreml ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko Putinning saylanishi emas, saylovlardan keyin nima bo‘lishi muhim degan ma’noda fikr bildirgan. Majlis ishtirokchilaridan biri “RBK”ga Kiriyenko uning navbatdagi muddati kun tartibini shakllantirishni nazarda tutganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kreml amaldori prezidentning yangi muddati kun tartibi ahamiyat borasida zarur natijaga erishish imkonini beruvchi texnologiyalardan kam emasligini bildirgan. “Kiriyenkoning gaplaridan gap Putinning oxirgi muddati haqida borayotgani ma’lum bo‘ldi”, — deya xulosa qildi nashr suhbatdoshi.

Rossiya konstitutsiyasi davlat rahbari lavozimini ketma-ket ikki muddatdan ortiq egallashni taqiqlaydi. Agar Putin 2018-yilda qayta saylansa, konstitutsiyaga ko‘ra, o‘z muddati tugaganidan so‘ng olti yil o‘tgach, ya’ni 2030-yilda yana saylovlarda qatnashishi mumkin bo‘ladi.

Опубликовано: admin (21-02-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют