» » ?MOQ ham Alisher Usmonovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

?MOQ ham Alisher Usmonovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi


Bugun, 9-sentabr sanasida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti, asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov o‘zining 65 yoshini qarshi oldi. O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi esa Usmonovni tavallud ayyomi bilan qutladi.

Hurmatli, Alisher Burxonovich! Bugungi shodiyona kunda Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, ishlaringizga rivoj tilaymiz. O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida hormay-tolmay uzoq yillar mehnat qilishingizni, kasbiy faoliyatingizda esa ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Biz sizdek vatandoshimiz bilan faxrlanamiz!

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi

Shuningdek, xabarda Alisher Usmonovning jahon sporti taraqqiyoti, Olimpiya harakati rivojida tutgan o‘rni beqiyos ekanligi, uning O‘zbekistonda qilichbozlik sport turini rivojlantirish, “Paxtakor” stadionini tubdan rekonstruksiya qilish va qayta qurish ishlariga bosh-qosh bo‘layotganligi ham alohida ta’kidlanadi.

Milliarderni tug‘ilgan kuni bilan Vladimir Putin birinchilardan bo‘lib tabriklab, telegramma yubordi. Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning 29-avgustdagi farmoni bilan Alisher Usmonov “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2018, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют