» » O‘zbekistonda kadrlar xizmatlari faoliyati tartibga solinadi

O‘zbekistonda kadrlar xizmatlari faoliyati tartibga solinadi


Huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga davlat organlari va tashkilotlarida, shuningdek, ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foizdan ko‘proq bo‘lgan tashkilotlarda kadrlar ishi tartibini belgilovchi nizom loyihasi joylashtirildi, deb yozadi Norma.

Nizom barcha davlat organlari va tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar, Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tuzilgan xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foizdan ko‘proq bo‘lgan tashkilotlar uchun amal qiladi.

Hujjatga muvofiq, xodimlar bilan ishlash bo‘linmalarini, shuningdek, ularning mutaxassislarini nomlash variantlari taklif etilmoqda. Bo‘linmalar “Kadrlar xizmati”, “Personalni rivojlantirish bo‘limi”, “Personal bilan ishlash xizmati” va h.k. deb nomlanishi mumkin. Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis esa “Personalni rivojlantirish bo‘yicha menejer”, “Kadrlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis”, “Kadrlar bo‘yicha inspektor” va h.k. deb atalishi mumkin.

Hujjatda kadrlar xizmatining vazifalari, huquqlari, mas’uliyat doirasi, tashkilotning boshqa bo‘linmalari bilan xizmat aloqalari keltirib o‘tilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2018, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 43) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют