» » Samsung jamoaviy ishning samaradorligini oshiruvchi Flip interaktiv displeyini taqdim etadi

Samsung jamoaviy ishning samaradorligini oshiruvchi Flip interaktiv displeyini taqdim etadi


Samsung Flip — majlislarni tashkil etish bilan bog‘liq eng keng tarqalgan qiyinchiliklarni bartaraf etish va muhokamalar natijasini ishonchli saqlash orqali jamoa ishi samaradorligini oshiradigan “flipchart” hisoblanadi.

Samsung Flip  yordamida g‘oyalarni tez, aniq va tartib bilan o‘zaro almashish afzalligi nafaqat o‘quv muassasalarida, balki boshqa har qanday mehnat jamoasida ham yuqori baholanadi.

Samsung Flip texnologiyasida oddiy qog‘ozli flipchartlar va ofis doskalarining afzalliklarini elektron qurilmaning keng qamrovli imkoniyatlari bilan birlashtirishga erishildi.  Bir vaqtning o‘zida bir nechta (4 nafar) foydalanuvchi maxsus ruchka yoki shunchaki barmoq yordamida ekranga chizishi yoki yozishi mumkin.

Xo‘sh, ushbu texnik yangilik qanday ustunliklarga ega?

Samsung Flip – kattaligi 55-dyuymli 4K aniqlikdagi aylanadigan tach-displey bo‘lib, uni portret yoki albom oriyentatsiyasida o‘rnatish imkoniyati mavjud. Doskani tagmoslamadan yechish va uni to‘plamdagi mahkamlagich bilan devorga ilish mumkin.

Himoya. Samsung Flip ko‘plab foydalanuvchilar va ulanish nuqtalarini qo‘llab-quvvatlashiga qaramay, shu bilan birga u ma’lumot maxfiyligini ham ta’minlay oladi.  Parollarga asoslangan ishonchli Flip xavfsizlik tizimi eng muhim hujjatlarni saqlashga yordam beradi.

Bu innovatsion yechim g‘oyalarni erkin va chegarasiz o‘zaro almashishga zamin yaratadi, bu esa, shubhasiz, har qanday kompaniya uchun foydalidir. Endi majlislarni tashkil etish anchagina oson. Samsung Flip yordamida har qanday jamoa tez va samarali ishlay oladi.

Facebook

Instagram

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2018, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют