» » Toshkentda 13—14-sentabr kunlari “3-Xalqaro xayriya mini-futbol musobaqasi” o‘tkaziladi

Toshkentda 13—14-sentabr kunlari “3-Xalqaro xayriya mini-futbol musobaqasi” o‘tkaziladi


Mustaqillikning 27 yillik bayramiga bag‘ishlab sug‘urta kompaniyalari ishtirokida 2018-yil 13—14-sentabr kunlari “O‘zbekiston” sport majmuasida “3-Xalqaro xayriya mini-futbol musobaqasi”ni o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu hadqa “”Daryo”ga Gross Insurance MGhJ axborot xizmati ma’lum qildi.

Musobaqaning maqsadi, imkoniyati cheklangan nogiron va bemor bolalarga homiylik yordami ko‘rsatish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga baholi qudrat hissa qo‘shish.

Bundan tashqari, mazkur tadbir sug‘urta kompaniyalari orasida ijtimoiy ma’suliyatini oshirish, sug‘urta bozori mavqeyi va imijini yaxshilashga imkoniyat yaratish, sug‘urtalovchilar o‘rtasida kasbiy ahillikni kuchaytirish, O‘zbekiston va xorijiy sug‘urta kompaniyalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, shuningdek yosh xodimlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsad qilib olingan.

Mazkur turnirda O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari va xorijdan kelgan mehmonlar (Rossiya, Buyuk Britaniya, Latviya, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa davlatlardan) ishtirok etishi kutilmoqda.

Xayriya musobaqasidan tushgan mablag‘lar quyidagi nogiron bolalar uylariga yo‘naltiriladi:

1.Farg‘ona “Muruvvat” nogiron bolalar uchun intrenat uyi;

2.“Muruvvat” nogiron bolalar uchun 1-son internat uyi;

3.Qarshi “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyi;

4.Buxoro “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyi;

5.Andijon viloyati, Qurg‘ontepa “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyi.

Ma’lumot uchun:

Ochilish marosimi: 13-sentabr soat 09:30 dan 11:00 vaqt oralig‘ida.

Taqdirlash marosimi: 14-sentabr soat 15:00 dan 16:30 vaqt oralig‘ida.

Manzil: “O‘zbekiston” sport majmuasi stadioni: Toshkent sh., Yunusobod t., Iftixor ko‘chasi, 1-uy



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2018, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют