» » Farg‘onadagi xonadonlarning biridan 8 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddasi topildi

Farg‘onadagi xonadonlarning biridan 8 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddasi topildi


Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani Qaynar qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro I.E.ning yashash xonadonidan 7627 gramm marixuana giyohvandlik moddasi hamda 589 gramm ko‘knori poyasi topildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘tkazilayotgan “Qoradori—2018” tekor profilaktik tadbirlari o‘z natijasini bermoqda. Navbatdagi tezkor tadbir davomida viloyat IIB transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi xodimlari fuqaro I.E. katta miqdordagi giyohvandlik moddasini o‘z uyida saqlayotganini aniqladi. Topilgan giyohvandlik moddasi daliliy ashyo sifatida olindi.

Hozirda I.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2018, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют