» » Toshkent viloyatida yo‘l harakati xavfsizligi kuni munosabati bilan tadbirlar o‘tkazildi

Toshkent viloyatida yo‘l harakati xavfsizligi kuni munosabati bilan tadbirlar o‘tkazildi


Vazirlar Mahkamasining 19-maydagi 377-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 8-sentabr “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘iboti kuni”da Toshkent viloyati hududidagi 45 ta yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs, 14 ta avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi hamda 22 ta avtoturagohda jamoatchilik vakillarini jalb etgan holda haydovchilar va mas’ul xodimlar ishtirokida yo‘l-transport hodisalarini barvaqt oldini olish, yo‘llarda harakatlanish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha targ‘ibot suhbatlari tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent shahar IIB ma’lum qildi.

Shuningdek, targ‘ibot kunida qaror talablaridan kelib chiqqan holda 23 ta jamoat transportiga videoregistratorlar o‘rnatildi, bu ham bo‘lsa avtomobil yo‘llarida haydovchilar tomonidan sodir etilayotgan qoidabuzarliklarga tegishli choralar ko‘rilishida hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi ta’minlaydi.

O‘z navbatida, jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan va xonadonlarda yillar davomida foydalanish uchun yaroqsiz holda bo‘lgan 16 ta transport vositalari aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda DYHX xizmati ro‘yxatidan o‘chirildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar davomida yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashish bilan shug‘ullanayotgan 37 nafar haydovchilar aniqlanib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2018, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют