» » Qo‘shrabotda yangi qishloq vrachlik punkti ishga tushirildi

Qo‘shrabotda yangi qishloq vrachlik punkti ishga tushirildi


Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida yangi zamonaviy qishloq oilaviy poliklinikasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Qo‘shrabot tumani hokimligi hamda tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida tashkil etgan tadbirning ochilish marosimida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Aziz Jo‘rayev, tuman hokimi Himmat Oqbo‘tayev ishtirok etdi.

Tadbir davomida qishloq oilaviy poliklinikasini tashkil etishdan boshlab, binolarni jihozlash, jamoani shakllantirish, hujjat yuritish, stomatologiya xizmati hamda dorixona ishini yo‘lga qo‘yish va boshqa faoliyatlar amaliy tarzda ko‘rsatildi.

Tantanali tadbir davomida mustakilligining 27 yillik bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Salomatlikni targ‘ib qilish kunlari” munosabati bilan viloyatdagi tibbiyot markazlaridan 10 ta ixtisoslik bo‘yicha professor va dotsentlar jalb etilib, qishloq aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2018, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют