» » Kim Chen In Singapurda erishilgan kelishuvlarga sodiqligini ma’lum qildi

Kim Chen In Singapurda erishilgan kelishuvlarga sodiqligini ma’lum qildi


9-sentabr, yakshanba kuni KXDR yetakchisi Kim Chen In Singapurda AQSh bilan erishilgan kelishuvlarga sodiqligini ma’lum qildi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Shimoliy Koreya tomoni AQSh va KXDR yetakchilari tomonidan Singapurdagi sammit davomida erishilgan kelishuvlarga qat’iy amal qilmoqda va allaqachon tegishli choralarni qabul qildi”, — dedi Kim Chen In Xitoy oliy qonunchilik qo‘mitasi — Butunxitoy xalq vakillari majlisi raisi Li Chjanshu bilan uchrashuvda.

U AQSh ham Koreya yarim orolidagi vaziyatni birgalikdagi harakatlar bilan siyosiy tartibga solish uchun tegishli choralar ko‘rishiga umid bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2018, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют