» » O‘zbekistonda paxta yig‘im-terim mavsumida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan shaxs lavozimidan ozod etiladi

O‘zbekistonda paxta yig‘im-terim mavsumida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan shaxs lavozimidan ozod etiladi


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida “O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy mehnatga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev va boshqalar kutilayotgan paxta yig‘im-terimi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar ustuvor vazifalardan biri ekani va mavsumda fuqarolarni majburan paxta dalalariga olib chiqish holatlarining oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilayotgani, bunda hukumatning “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi majburiy mehnatga qarshi kurashish maqsadida maxsus ishonch tarmoqlarini ishga tushirmoqda. Endilikda majburiy mehnatga jalb qilish holatlari kuzatilganda vazirlikning @mehnathuquqbot telegram tarmog‘iga xabar yo‘llash yoki 200-06-01 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Har bir murojaat bo‘yicha tezkor chora-tadbir ko‘riladi. Bundan tashqari, paxta yig‘im-terimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik va ixtiyoriy ravishda paxta terimiga chiqish istagida bo‘lgan fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash uchun @terimuzbot telegram tarmog‘i hamda “Terim.uz” sayti faollashtirildi.

— Majburiy mehnatga jalb qilish holati kuzatilganda fuqarolar yuqoridagi telegram tarmog‘i orqali ism-sharifini ko‘rsatmasdan faqat telefon raqamini kiritgan holda manzillari va voqea holatini aks ettirgan holda murojaatni yo‘llash mumkin, – dedi vazir. — Kelib tushgan murojaat tegishli tartibda o‘rganiladi va huquqbuzarlik aniqlansa, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan shaxsga nisbatan chora ko‘rilib, lavozimidan ozod etiladi. Bundan tashqari, joriy paxta mavsumida respublika bo‘yicha 200 nafar profilaktika inspektori majburiy mehnatga qarshi kurashadi.

Matbuot anjumanida majburiy mehnatga qarshi olib borilayotgan shu kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jurnalistlar qiziqtirgan savollariga javob oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2018, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют