» » Jirinovskiy Moskvadagi mushtlashuvda ishtirok etdi

Jirinovskiy Moskvadagi mushtlashuvda ishtirok etdi


Rossiya LDPR partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Moskva markazidagi Pushkin maydonida bo‘lib o‘tgan ruxsat berilmagan mitingda ishtirok etdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

9-sentabr, yakshanba kuni Pushkin maydonida oldindan kelishilmagan aksiya bo‘lib o‘tdi. Rossiya IIV ma’lumotiga ko‘ra, unda ikki mingga yaqin odam ishtirok etgan. LDPR yetakchisi unda ishtirok etayotganlar bilan suhbatlashish uchun mitingga kelgan. Biroq siyosatchini tahqirlash boshlangandan so‘ng, mushtlashuv boshlangan.

“Ketmoqchi bo‘lib turganimizda ma’lum bir provokatorlar turli haqoratli so‘zlarni aytib, bizga hujum qilishga, biz tomonga nimadir uloqtirishga urindi. Ular besh, uzog‘i bilan o‘n kishiga yaqin edi. … Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi”, — deydi voqea joyida bo‘lgan deputat Vasiliy Vlasov (LDPR).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2018, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют