» » Samarqanddagi maktabga fransiyalik temurshunos olim Lyusyen Keren nomi berildi

Samarqanddagi maktabga fransiyalik temurshunos olim Lyusyen Keren nomi berildi


Samarqand shahridagi fransuz tiliga ixtisoslashgan 43-umumta’lim maktabi endilikda fransiyalik temurshunos olim, professor Lyusyen Keren nomi bilan ataladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

8-sentabr kuni mazkur ta’lim muassasasida o‘tkazilgan tadbirda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Violan de Vilmor xonim va Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov ishtirok etib, Lyusyen Kerenning Amir Temur va temuriylar davlatchilik tarixini o‘rganish hamda targ‘ib etish borasidagi xizmatlari haqida so‘z yuritdi.

Yevropa temurshunosligida fransuz olimlari hamisha oldingi o‘rinda turgan. Bu borada professor Lyusyen Keren (1920—2013)ning alohida o‘rni bor. Taniqli olim 1978-yilda “Amir Temur saltanati” nomli asarini chop etgan. 1996-yilda A.Saidov bilan hammualliflikda tayyorlagan “Amir Temur va Fransiya” risolasi o‘zbek tilida nashr qilingan. 2006-yilda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 670 yilligi munosabati bilan Parijda “Samarqandga, Amir Temur davriga sayohat” fundamental tadqiqot asarini yaratgan.

Lyusyen Keren tashabbusi bilan Parijda tashkil etilgan Temuriylar tarixi va madaniyatini o‘rganuvchilar assotsiatsiyasi bugun ham samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.

Mehmonlar muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlari bilan tanishdi. Violan de Vilmor xonim maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarga Lyusyen Keren va boshqa fransuz olimlari asarlari, badiiy adabiyotlarni sovg‘a qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2018, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют