» » Zinedin Zidan murabbiylik faoliyatiga qaytishini e’lon qildi

Zinedin Zidan murabbiylik faoliyatiga qaytishini e’lon qildi


“Real” sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan tez orada murabbiylik faoliyatiga qaytishini ma’lum qildi.

“Albatta, tez orada mashg‘ulot o‘tkazishni boshlayman. Bu — men yaxshi ko‘radigan ish. Mening butun hayotim — futbolda!”,— deydi Zidan.

Ma’lumot uchun, 45 yoshli fransiyalik mutaxassis “Real”ni yozda tark etgandi.  Zidan “Qirollik klubi”ni 2015/16-yilgi mavsumda qabul qilib olgan edi. Jamoa uning qo‘l ostida Ispaniya chempionati, mamlakat Superkubogi, 2 marta Yevropa Superkubogi, 2 marta Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqishga erishgandi. Shuningdek, u “Real” bilan ketma-ket uch marta (2016, 2017, 2018) YChL kubogini boshi uzra ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. Zinedin ishlagan 2,5 yilda “Real” umumiy hisobda 9 ta sovringa ega chiqdi.

Avvalroq Zidanning “Manchester Yunayted”ga bosh murabbiy bo‘lishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2018, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют