» » Andijonda YHXB xodimiga 50 ming so‘m pora bergan fuqaro ushlandi

Andijonda YHXB xodimiga 50 ming so‘m pora bergan fuqaro ushlandi


Andijon viloyatida 8-sentabr kuni YHXB hodimiga pul taklif kilgan fuqaro ushlandi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

O‘sha kuni Andijon viloyati IIB tezkor xodimlari va YHXB mas’ul xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

“Andijon viloyati Shahrixon tumanida yashovchi fuqaro I.J. Andijon viloyati IIB YHXBga kelib Andijon shaharda yashovchi fuqaro A.Sh.ning nomida bo‘lgan Nexia rusumli avtomashinasini oldi-sotdi shartnomasini akasi fuqaro I.J.ga tuzishi uchun bir o‘zi kelib agregat raqamlari mosligini tekshirganligi haqidagi muhrni avtotransport vositasini texnik guvohnomasiga bosib berishini so‘rab, akasi I.J. hamda avtomashinaning egasi A.Sh.lar kelmasligi yuzasidan murojaat qilib kelgan. Ushbu fuqaroga viloyati IIB YHXB xodimi A.J. bir necha bor tushuntirishiga qaramasdan, uning qonuniy olib borayotgan xizmat vazifasiga to‘sqinlik qilib, shu kuni soat 16:30 larda ushbu agregat muhrni akasi va avtomashina egasining ishtirokisiz bir o‘ziga bosib berishi, evaziga moddiy manfaatdorlik taklif qilib yonida bo‘lgan pullari orasidan 1 dona 50 000 so‘m pulni, viloyat IIB YHXB xodimi A.J.ning qarshiligiga qaramasdan avtotransport texnik guvohnomasi orasiga pulni solib berayotgan vaqtida viloyat IIB tezkor, mas’ul xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida qo‘lga olindi”, — deyiladi xabarda.

Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Andijon shahar prokuraturasiga yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2018, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют