» » Urganchdagi Shovot kanalidan ayol va qizchasining murdalari topildi

Urganchdagi Shovot kanalidan ayol va qizchasining murdalari topildi


2018-yil 9-sentabr kuni soat 9:00 larda Xorazm viloyati, Urganch shahar, Jayxun ko‘chasi hududidan oqib o‘tgan Shovot kanalidan Urganch tumani, Shohidonar mahallasida yashagan X. (1988-yilda tug‘ilgan ayol kishi) va uning voyaga yetmagan farzandi N. (2018-yilda tug‘ilgan qiz bola)larning murdalari topilgan. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tergovga qadar tekshirish davomida aniqlanishicha, X. turmush o‘rtog‘i M. va qaynonasi Z. larning tikuvchilik qilish uchun sharoit yaratib bermaganligidan va 01.09.2018-yilda turmush o‘rtog‘i uni ota-onasining uyiga olib bormaganligidan xafa bo‘lib, hech kim bilan gaplashmasdan 08.09.2018-yilda soat 15:00 larda yashash uyidan voyaga yetmagan farzandi N. ni olib chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

Mazkur holat yuzasidan Urganch tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2018, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют