» » O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi ayollar uchun “Ishonch telefon”larini ishga tushirdi

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi ayollar uchun “Ishonch telefon”larini ishga tushirdi


O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollar uchun “Ishonch telefon”larini ishga tushirdi, deb yozadi O‘zA.

Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik muammosi har qanday jamiyat uchun inson huquqini poymol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan juda jiddiy muammo sanaladi. Shularni inobatga olgan holda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi “1146” — yagona telefon raqamlarini ishga tushirdi.

“Ishonch telefon”lari zo‘ravonlik qurboniga aylangan ayollar va qizlarga og‘ir vaziyatdan chiqishga yordam berib, ruhiy, huquqiy hamda tibbiy ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan. Bunda ayolning xohishiga ko‘ra, uning shaxsi va murojaati sir saqlanadi.

Zarur hollarda, jabrdiyda ayollar respublikaning barcha hududlarida tashkil etilayotgan Ijtimoiy moslashuv markazlariga (shelterlarga) joylashtiriladi. Aytish joizki, boshlang‘ich bosqichda “Ishonch telefonlari” test rejimida ishlaydi.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda har uchinchi ayol (35 foiz) hayoti davomida u yoki bu turdagi zo‘ravonlikka duch kelar ekan. Bu butun jahonda mavjud bo‘lgan o‘ta dolzarb muammoligini isbotlovchi statistik ma’lumotlardir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2018, 20:41)
0 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют