» » Soliq tizimining ikki muhim bo‘g‘iniga yangi rahbarlar tayinlandi

Soliq tizimining ikki muhim bo‘g‘iniga yangi rahbarlar tayinlandi


Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Abdurahmonov Muzaffar Mirzarahimovich tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

M. Abdurahmonov 1988-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2011-yilda Toshkent avtomobil yo‘llari instituti, 2016-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasidan boshlab, turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2018-yildan “Toshkent shahar Investitsiyalar, innovatsiyalar, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish boshqarmasi” davlat unitar korxonasining investitsiya loyihalarini amalga oshirish va monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Toshkent soliq kollejini zamonaviy ta’lim muassasasiga aylantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan konsepsiyaga muvofiq, yaqin vaqtlar ichida ushbu kollej respublikadagi zamonaviy ta’lim muassasalari qatoridan joy olishi rejalashtirilgan. Bu yo‘lda xorijiy va mahalliy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribasidan keng foydalanish, shu jumladan, International House Tashkent xalqaro akademik litseyi bilan hamkorlikda zamonaviy o‘quv modelini joriy etish va uni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish maqsad qilingan.

Shu bois Inter House xalqaro akademik litseyida kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetarlicha bilim va tajriba to‘plagan Tillayev Firdavs Hasanovich Toshkent soliq kolleji direktori etib tayinlandi.

F.Tillayev 1988-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2009-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. U sanoat tarmoqlarida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2018, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют