» » Legioner.uz. Aleksandr Pishur va Artur Gevorkyanga O‘zbekistonda yangi ish topildi, Qo‘qonda esa serbiyalik paydo bo‘ldi

Legioner.uz. Aleksandr Pishur va Artur Gevorkyanga O‘zbekistonda yangi ish topildi, Qo‘qonda esa serbiyalik paydo bo‘ldi



Aleksandr Pishur

“Qirol o‘ldi. Yashasin qirol!” O‘z vaqtida Toshkentning “Bunyodkor” va Namanganning “Navbahor” klublari bilan xayrlashgan ukrainalik hujumchi faoliyatini G‘uzorning “Sho‘rtan” klubida davom ettiradi.

Pishurga bosh murabbiy Aleksandr Volkov taklif bilan chiqqan. “Sho‘rtan” ijrosi direktori Shodi Namozov ukrainalik hujumchi bilan kelishib olganliklarini aytgan-u, qanchaga kelishilganiga oydinlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, Pishur yanvar oyining so‘ngida 36 yoshni qarshi oldi. Endi shu yoshida Oliy liga klublari darvozasini ishg‘ol qilishga harakat qiladi. Futbolchining o‘zi faoliyatini necha yoshgacha davom ettirmoqchi ekaniga oydinlik kiritmagan.

“Nasaf”dagi yorqin faoliyatidan keyin “Lokomotiv”ga yetib kelgan turkmanistonlik yarim himoyachi Artur Gevorkyan Navoiyning “Qizilqum” klubi bilan shartnoma tuzdi. Uning yoshi Pishurnikidan 4 yoshga kichik. Shunga qaramay u ham mehmondo‘st O‘zbekistonni tark etishni istamagan.

“Qo‘qon—1912” klubi Serbiyada qanchalik mashhurligi aniq emas, biroq jamoadagi serbiyalik futbolchilar Qo‘qonda ancha mashhur.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Filip Rayevats otliq serbiyalik futbolchi faoliyatini Qo‘qon klubida davom ettiradi. Shartnomaning qanchaga mo‘ljallangani va uning shartlari borasida ma’lumotlar yo‘q.

Ma’lum tomoni Rayevats Hokim kubogi—2017 musobaqasida 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. “Sports.ru” ma’lumotiga ko‘ra, Rayevats Serbiyaning “OFK” klubida o‘ynagan va 1992-yilning 21-iyunida dunyoga kelgan. Bo‘yi 185 santimetr, og‘irligi 80 kilogramm.

Опубликовано: admin (21-02-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют