» » Eron uranni boyitish bo‘yicha sentrifuga ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

Eron uranni boyitish bo‘yicha sentrifuga ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi


Eronda uranni boyitish bo‘yicha sentrifugalar ishlab chiqarish sexi ochildi. Bu haqda mamlakat Atom energiyasi tashkiloti rahbari Ali Akbar Salehi ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Sex zamonaviy qurilmalar bilan jihozlanganligi va mamlakat oliy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiy farmoyishi bilan ishga tushirilganligi ta’kidlanmoqda.

Salehi sentrifugalar ishlab chiqarish bo‘yicha sexning ochilishi Eron yadro muammolarini tartibga solish bo‘yicha Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi doirasida ekanligini ta’kidladi.

U, shuningdek, Eron, uning iqtisodiy manfaatlariga to‘liq rioya etilmagan taqdirda, mamlakat yuqoridagi kelishuv bo‘yicha majburiyatlarining bir qismini bajarishni to‘xtatishi, hatto kelishuvdan chiqishi mumkinligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2018, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют