» » Pxuket plyajlarida zaharli ilonlar paydo bo‘ldi

Pxuket plyajlarida zaharli ilonlar paydo bo‘ldi


Pxuket qutqaruvchilari sayyohlarni orol plyajlarida zaharli dengiz ilonlariga duch kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda Trn-news xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Ogohlantirish mahalliy fuqaro Nay-Yang plyajida dengiz ilonini videoga olib, uni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgandan so‘ng bildirildi.

Keyinroq aniq bo‘lishicha, bu Pxuket sohilidagi birinchi dengiz iloni bo‘lmasdan, 5-sentabr kuni ikki metrlik dengiz iloniga Patong plyajida duch kelishgan.

Sayyohlarning suvdagi xavfsizligi uchun javob beruvchi tashkilot Phuket Lifeguard Club’ning rahbari sayyohlarni ilonlarga teginish va ularni bezovta qilish xavfli ekanligidan ogohlantirdi. Ilonga duch kelgan taqdirda bu haqda eng yaqindagi qutqaruvchiga xabar berish lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2018, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют