» » Millatlar Ligasi. Portugaliya Italiyani mag‘lub etdi, Shvetsiya o‘z uyida Turkiyaga yutqazib qo‘ydi (video)

Millatlar Ligasi. Portugaliya Italiyani mag‘lub etdi, Shvetsiya o‘z uyida Turkiyaga yutqazib qo‘ydi (video)


Kecha, 10-sentabr sanasida UEFA Millatlar Ligasining 2-turi doirasida bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Portugaliya terma jamoasi Italiyani o‘z maydonida qabul qilib, Andre Silvaning 48-daqiqada kiritgan goli evaziga g‘alaba qozondi.

Shvetsiya terma jamoasi esa Turkiyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda hisob 34-daqiqda mezbonlar a‘zosi Telin tomonidan ochildi. 49-daqiqada Klasson hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Qolgan gollar esa faqat turklar tomonidan urildi. 51-daqiqada Hoqon Chalxano‘g‘lu, 88 va 90-daqiqada esa Akbaba gol urib jamoasining safardagi g‘alabasini ta‘minladi.

Quyida kechagi uchrashuvdagi qayd etilgan natijalar bilan tanishishingiz mumkin:

UEFA Millatlar Ligasi

2-tur bellashuvlari

10-sentabr, dushanba

“A” guruhi

Portugaliya – Italiya 1:0

Gol: 1:0 – 48 Andre Silva.

“B” guruhi

Shvetsiya – Turkiya 2:3

Gollar: 1:0 – 34 Telin, 2:0 – 49 Klasson, 2:1 – 51 Chalxano‘g‘lu, 2:2 – 88 Akbaba, 2:3 – 90 Akbaba.

“C” guruhi

Shotlandiya – Albaniya 2:0

Gollar: 1:0 – 47, avtogol Gimshiti, 2:0 – 68 Neysmit.

Serbiya – Ruminiya 2:2

Gollar: 1:0 – 26 Mitrovich, 1:1 – 48, penalti Stanchu, 2:1 – 63 Mitrovich, 2:2 – 68 Sukudyan.

Chernogoriya – Litva 2:0

Gollar: 1:0 – 34, penalti Savich, 2:0 – 36 Yankovich.

“D” guruhi

Andorra – Qozog‘iston 1:1

Gollar: 0:1 – 68 Logvinenko, 1:1 – 85 Alaes.

Kosovo – Farer orollari 2:0

Gollar: 1:0 – 50 Zeneli, 2:0 – 55 Nuxiu.

Malta – Ozarbayjon 1:1

Golovp: 1:0 – 10, penalti Adjius, 1:1 – 26 Xalilzade.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2018, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют