» » Shimoliy Irlandiyada baliqchi 10 ming yil avval qirilib ketgan turga tegishli bug‘uning bosh suyagini topib oldi

Shimoliy Irlandiyada baliqchi 10 ming yil avval qirilib ketgan turga tegishli bug‘uning bosh suyagini topib oldi


5-sentabr kuni Shimoliy Irlandiyadagi Lox-Ney ko‘lidan baliqchi ulkan shoxli bug‘uning bosh suyagini tutib oldi, deb yozadi TJournal. Topilmani o‘rganib chiqqan olimlar u 10 ming yil avval qirilib ketgan bug‘ular turiga mansub bo‘lganini aniqladi.

Irland bug‘ulari (yoki kattashoxli bug‘ular) — Yer yuzida yashagan bug‘ularning eng yirigi. Paleontologlar ma’lum qilishicha, ularning qirilib ketishi aynan ulkan shoxlari bilan bog‘liq: o‘rmon qalinlashib borgani sari, jonivorlar katta shox bilan harakatlanishga qiynala boshlagan.

2014-yilda o‘sha ko‘ldan irland bug‘usining pastki jag‘ini topishgan edi — olimlar ikkala topilma ham bitta hayvonga tegishli deb taxmin qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2018, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют