» » Toshkentdagi MDS-Service klinikasi auksionga qo‘yildi

Toshkentdagi MDS-Service klinikasi auksionga qo‘yildi


O‘zbekistondagi ilk xususiy tez yordam podstansiyalaridan biri bo‘lgan MDS-Service klinikasi ustav jamg‘armasining 100 foizi kimoshdi savdosiga qo‘yildi, deb yozadi “Xalq so‘zi” E-ijro Auksion’ga tayanib.

Lot sifatida kiritilgan nizom jamg‘armasining 62,2 foizi NNB Investments, 37,8 foizi esa Solid Investment and Securities kompaniyasiga tegishli. Har ikki kompaniya ham xorij kapitali ishtirokida tuzilgan.

Ushbu taklif investitsiyalar, aktivlar, avtomobillar (10 dona), tibbiyot uskunalari, mebellar va boshqalar, xullas, barcha mol-mulkni o‘z ichiga oladi.

Klinikaning umumiy yer maydoni – 5,5 gektar. Binoning umumiy maydoni – 3,7 ming kvadrat metr.

Lot jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarori bilan qo‘yilgan bo‘lib, ijro hujjati sanasi 8-sentabr etib ko‘rsatilgan.

Boshlang‘ich narx 32,7 milliard so‘mdan ziyod bo‘lib, bu E-ijro Auksion maydoni tarixidagi eng qimmat lotlardan biridir. Zakalat puli miqdori 1,6 milliard so‘m etib belgilangan.

Auksion 28-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi va arizalar 26-sentabrga qadar qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun, MDS-Service 1996-yildan o‘z faoliyatini boshlagan O‘zbekistondagi birinchi xususiy tez yordam podstansiyalaridan biri bo‘lgan. Mazkur kompaniya o‘zining xususiy poliklinikasi, tashxis markazi va statsionariga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2018, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют