» » 150 ming dollarlik musobaqada g‘olib bo‘lgan Denis Istomin ATP reytingida 16 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi

150 ming dollarlik musobaqada g‘olib bo‘lgan Denis Istomin ATP reytingida 16 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi


Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) haftalik yangi reytingni e’lon qildi, deb xabar beradi “Olamsport”.

Yangilangan reytingda O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Chikagodagi “Chellenjer” musobaqasidagi g‘oliblik sabab 16 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, ayni paytda roppa-rosa 60-o‘rinni egallab turibdi. Denisning ochkolari 884 taga yetdi.

O‘zbekistonlik boshqa tennischilar — Jo‘rabek Karimov 434, Sanjar Fayziyev 516, Humoyun Sultonov esa 536-o‘rinni band etgan. Dunyo reytingini hamon katta farq bilan Rafael Nadal boshqarib bormoqda. US Open—2018 turnirida bosh mukofotni qo‘lga kiritgan Novak Jokovich 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2018, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют