» » Hindistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari ochildi

Hindistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari ochildi


10-sentabr kuni Dehlida O‘zbekiston madaniyati kunlari ochildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Tadbirda O‘zbekiston elchisi Farhod Arziyev so‘zga chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga bo‘lg‘usi davlat tashrifi ikki tomonlama hamkorlikni yanada boyitishiga ishonch bildirdi.

“Sirdaryo navolari” guruhining konsert dasturi taqdim etildi. O‘zbekistonning sayyohlik va madaniy salohiyati haqidagi filmlar namoyish etildi, shuningdek, O‘zbekiston tasviriy san’ati ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Tadbir doirasida Dehlida Jamiya Milliya Islamiya universitetining o‘zbek tili professori Shohid Taslim rahbarligida nashr qilingan to‘rt jildli o‘zbek tili darsligi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Madaniyat kunlari 14-sentabrgacha davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2018, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют