» » OAV: Kim Chon Namning o‘g‘li otasi jasadini olib ketish uchun Malayziyaga yetib keldi

OAV: Kim Chon Namning o‘g‘li otasi jasadini olib ketish uchun Malayziyaga yetib keldi


Malayziya poytaxti aeroportida o‘ldirilgan KXDR yetakchisi akasi Kim Chon Namning o‘g‘li otasi jasadini olib ketish uchun Kuala-Lumpurga yetib keldi. Bu haqda Yaponiyaning NHK telekanali manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Telekanalga ko‘ra, Kim Xan Sol Kuala-Lumpurga 21-fevral, seshanba kuni ertalab uchib keldi va otasining jasadi saqlanayotgan kasalxonaga borishga ulgurdi.

Kasalxona qo‘riqlanishi bu paytda keskin kuchaytirilgani, u yerni maxsus bo‘linmaning avtomat bilan qurollangan 30-40 nafar jangchisi himoya ostiga olgani bildirilmoqda.

NHK Kim Xan Sol otasining jasadini taniganini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shimoliy Koreyaning Malayziyadagi elchisi Kuala-Lumpur aeroportida o‘ldirilgan shaxs KXDR yetakchisining akasi emasligini da’vo qilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют