» » O‘zbekistonda notarial idoralarni moliyalashtirish tartibiga tuzatishlar kiritildi

O‘zbekistonda notarial idoralarni moliyalashtirish tartibiga tuzatishlar kiritildi


O‘zbekiston Respublikasi Adliya, Mehnat hamda Moliya vazirliklari qarori bilan “Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Mazkur qarorga binoan, notarial idoralar va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish manbai hisoblanadigan ajratmalar miqdoriga tuzatishlar kiritildi. Ushbu tuzatishlar, jumladan, quyidagilardan iborat:

Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summasidan 10% miqdoridagi ajratmalar (ilgari— 15%);

Notarial idoralar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar ko‘rsatilganligi uchun tushumlar;

Gerb yig‘imidan tushadigan mablag‘larning 50 foizi (oldin — gerb yig‘imining barcha summasi) — gerbli blankalar tayyorlash hamda boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qo‘yilgan avtomototransport vositalari to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar bankini yaratish, shuningdek, notarial idoralar va notarial arxivlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirish bilan;

Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют