» » AQSh Mosul ozod etilgandan keyin ham Iroqda qolishni rejalashtirmoqda

AQSh Mosul ozod etilgandan keyin ham Iroqda qolishni rejalashtirmoqda


Amerikalik harbiylar Mosul shahri ozod etilgandan keyin Iroq hukumati ulardan mamlakatni tark etishni so‘rashini kutmayapti. Bu haqda Iroqda IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro koalitsiya qo‘mondoni, general-leytenant Stiven Taunsend ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

“Hukumat bu juda murakkab kurash ekanligi va koalitsiya ko‘magi Mosuldan keyin ham kerak ekanligini tushunadi deb o‘ylayman”, — dedi Taunsend Bog‘dodda jurnalistlar bilan suhbatda.

General endilikda koalitsiya kuchlari chuqurroq va Iroq tuzilmalariga yaqinroq harakat qilishini ta’kidladi. “Biz sharqiy Mosul uchun kurash davomida pozitsiyamizni o‘zgartirdik va maslahatchilarimizni Iroq kuchlariga yaqinroq yo‘naltirdik”, — deya qo ‘shimcha qildi Taunsend.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (21-02-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют