» » Yevroosiyo taraqiyot banki O‘zbekistonda vakolatxonasini ochadi

Yevroosiyo taraqiyot banki O‘zbekistonda vakolatxonasini ochadi


Yevroosiyo taraqiyot banki O‘zbekistonda vakolatxona ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda va mamlakatga investitsiyalar ko‘lamini ko‘paytiradi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

“O‘zbekiston hozircha bankimizga a’zo emas, bu hukumat darajasidagi qaror va bizning ixtiyorimizda emas. Shunday bo‘lsa ham, O‘zbekistonda vakolatxona ochish rejalarimiz bor, ushbu mamlakat hududidagi loyihalarga faol ishtirok etamiz”, — deydi bank boshqaruvi raisi Andrey Belyaninov.

Belyaninovga ko‘ra, bank agrar sektor, sanoat va kon sanoati sohalariga qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Yevroosiyo taraqiyot banki 2006-yilda Rossiya va Qozog‘iston tomonidan ta’sis etilgan xalqaro moliyaviy tashkilot bo‘lib, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston va Tojikiston ham unga a’zo davlatlar hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2018, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют