» » Amerikalik 3 yoshli qizaloq politsiyaga onasining marixuanasini topib berdi

Amerikalik 3 yoshli qizaloq politsiyaga onasining marixuanasini topib berdi


Amerikalik ayol uning uch yoshli qizi politsiyachilar marixuana solingan paketni ko‘rsatgach, qo‘lga olingan. Bu haqda Nyu-York shtati politsiyasi xabar bergan.

Ikki nafar patrul xodimi Olbani shahridan chiqishda mashinani to‘xtatgan va unda bolalar o‘rindig‘isiz o‘tirgan bolani ko‘rgan, shuningdek, kuldonda chekilgan marixuana qoldiqlarini aniqlagan. Mashinani 26 yoshli Skott Hill boshqarayotgan edi, u bilan birga yo‘lovchi sifatida qizchaning onasi, 33 yoshli Megan Karl bo‘lgan.

Politsiyachilardan biri haydovchi bilan gaplashib turganda, qizaloq o‘rindiq ostidan qopchani olgan, uni ochgan va ikkinchi politsiyachiga uning ichidagini ko‘rsatgan. Qopcha ichida marixuana, chekish trubkasi va maxsus maydalagich bo‘lgan. Ularning barchasi daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan.

Haydovchi va ayol qo‘lga olingan. Ular bolaning hayotini xavf ostiga qo‘yganlikda ayblanmoqda. Haydovchi — noqonuniy ravishda marxuana saqlaganlikda. Qizcha qarindoshlariga topshirilgan, bolalarni himoya qilish xizmati uning onasi hibsga olingani haqida ogohlantirilgan. Keyinchalik erkak va ayol qo‘yib yuborilgan, biroq sudga kelishga majbur qilingan.

Nyu-York shtatida marixuana saqlash hali ham noqonuniy hisoblanadi. Uni tibbiy retseptga asosan maxsus dorixonalardan birida sotib olish mumkin. Shtat marixuanani qonuniylashtirishni rejalashtirayotgani haqida joriy yilning iyul oyida xabar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют