» » “Toshtransdispetcherxizmat” xodimasini haqoratlab, internet “yulduzi”ga aylangan haydovchi qo‘lga olindi

“Toshtransdispetcherxizmat” xodimasini haqoratlab, internet “yulduzi”ga aylangan haydovchi qo‘lga olindi


Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda avtobus bekatida turgan mashina haydovchisi o‘zini “Toshtransdispetcherxizmat” xodimi deb tanishtirgan ayolni haqorat qilayotgani tasvirga olingan video paydo bo‘lgan va ushbu erkak qidirilayotgani xabar berilgan edi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qilishicha, haydovchi qo‘lga olingan. U Zangiota tumani da yashovchi 26 yoshli Hikmatulla M. bo‘lib chiqqan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-6-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi), 135-moddasi (Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi — haydovchilik guvohnomasi taoni bo‘lmagani uchun)da ko‘zda tutilgan huquqbuzarliklar haqida bayonnoma tuzildi.

Bundan tashqari, Shayxontohur tumani ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi tomonidan Hikmatulla M. Ma’muriy javobgarlik kodeksining 183-moddasi (Mayda bezorilik) bo‘yicha aybdor deb topildi, va unga besh sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 20) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют