» » Millatlar Ligasi. Ispaniya Xorvatiyani tiz cho‘ktirdi, Islandiya Belgiya qarshisida ojiz qoldi (video)

Millatlar Ligasi. Ispaniya Xorvatiyani tiz cho‘ktirdi, Islandiya Belgiya qarshisida ojiz qoldi (video)


Kecha, 11-sentabr sanasida UEFA Millatlar Ligasining 2-turi doirasida bir nechta uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Ispaniya terma jamoasi o‘z maydonida JCh—2018 kumush medali sohiblari — Xorvatiyani qabul qilib 6:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollar Saul, Asensio, Kalinich (avtogol), Rodrigo, Ramos hamda Isko nomiga yozildi.

Islandiya terma jamoasi esa Belgiya bilan kuch sinashib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Gollardan ikkitasi Romelu Lukaku tomonidan kiritilgan bo‘lsa, yana bitta golga Eden Azar mualliflik qildi.

Bosniya va Gersegovina terma jamoasi Avstriya termasini o‘z maydonida qabul qilib, Edin Jekoning yagona goli sabab g‘alabaga erishdi.

Quyida kechagi uchrashuvda qayd etilgan natijalar bilan tanishishingiz mumkin:

UEFA Millatlar Ligasi

2-tur bellashuvlari

11-sentabr, seshanba

Gollar: 1:0 – 24 Saul, 2:0 – 33 Asensio, 3:0 – 35, avtogol Kalinich, 4:0 – 49 Rodrigo, 5:0 – 57 Ramos, 6:0 – 70 Isko.

Gollar: 0:1 – 29, penalti Azar, 0:2 – 31 Lukaku, 0:3 – 81 Lukaku.

Gollar: 0:1 – 9 Shano, 0:2 – 45 Joakim, 0:3 – 52 Sinani.

Gol: 1:0 – 12 Pukki.

Gollar: 1:0 – 15 Shallai, 1:1 – 18 Manolas, 2:1 – 42 Klyaynxaysler.

Gol: 1:0 – 78 Jeko.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют