» » Toshkentda transport-tranzit sohasida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

Toshkentda transport-tranzit sohasida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi


Joriy yilning 20—21-sentabr kunlari Toshkentda “Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi, deb xabar beradi O‘zA.

Mazkur konferensiya, avvalo, Markaziy Osiyo transport-tranzit salohiyatini rivojlantirishga oid qo‘shma sa’y-harakatlarni muhokama qilish va bu boradagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.

Konferensiyada Markaziy Osiyo mamlakatlarini qiziqtirgan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va yangi loyihalarni amalga oshirish maqsadida xalqaro tashkilotlar, eng avvalo, xalqaro moliyaviy tuzilmalar bilan hamkorlikka qaratilgan, Markaziy Osiyo mamlakatlarining transport-tranzit salohiyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan masalalar muhokama qilinadi.

Konferensiyada 45 mamlakatdan 200 dan ortiq mehmon, 25 xalqaro tashkilot, moliya institutlari va yetakchi transport kompaniyalari ishtirok etadi.

Jumladan, Jahon banki, OTB, ITB, YeTTB, OIIB, BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi, YeXHT, GXHJ, ShHT, IHT, MDH, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi, TRASEKA dasturi, Xalqaro avtomobil transporti uyushmasi, Temir yo‘llar hamkorligi tashkiloti va boshqa tashkilotlar vakillari qatnashishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют