» » SamDU pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

SamDU pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi mansabdor shaxslari talon-tarojga yo‘l qo‘yganlari aniqlandi.

2017—2018-yillar davomida ta’lim jarayoniga jalb qilinmagan o‘qituvchilar tomonidan dars o‘tilganligi to‘g‘risida dars jadvallariga soxta ma’lumotlar kiritilgan.

Ushbu ma’lumotlar asosida 9 nafar o‘qituvchiga o‘tilmagan o‘quv mashg‘ulotlari uchun soxta buyruqlar rasmiylashtirib, 9,2 million so‘m ish haqi, shuningdek, markazning 3 nafar rahbar xodimiga asosiy va o‘tishi mumkin bo‘lgan o‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari dars soatlari uchun 7,4 million so‘m ish haqi noqonuniy ravishda to‘lanib, jami 16,7 million so‘m budjet mablag‘i talon-toroj qilingani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют