» » Andijonda “Fidokor yoshlar” patrullik guruhlari tashkil etildi

Andijonda “Fidokor yoshlar” patrullik guruhlari tashkil etildi


Andijon shahri hududida “Fidokor yoshlar” jamoat tartibini saqlash maqsadida o‘z istagini bildirgan holda patrullik guruhlari tashkil etildi, deya xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati

“ ‘Fidokor yoshlar’ bu — muddatli harbiy xizmatni o‘tash niyatida mudofaa ishlari bo‘yicha shahar-tuman bo‘limiga murojaat qilgan harbiy xizmatga chaqiriluvchilar va respublika oliy harbiy ta’lim muassalariga, shuningdek, ichki ishlar organlarining ta’lim muassalariga va ishga kirish istagini bildirgan nomzodlardir”, — deyiladi xabarda.

Andijon shahrining jamoat joylari va ko‘chalarida 2017-yil hamda 2018-yilning 7 oyida sodir etilgan jinoyatlar hududlar va vaqt kesimi bo‘yicha tahlil qilinib, kriminogen vaziyatdan kelib chiqqan holda, Andijon shaharida 83 ta mahallalar hududiylik bo‘yicha bo‘linib, ichki ishlar, Milliy gvardiya xodimlari, shuningdek jamoatchilik va “Fidokor yoshlar” vakillaridan iborat patrullik yo‘nalishlari ishlab chiqildi.

Andijon shahar hududida “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi asosida, “Jamoat tartibini ta’minlash kuchlari”ni xizmati, soati belgilangan vaqt oralig‘ida ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya saf bo‘linmalari, shuningdek, jamoatchilik vakillarini jalb qilish orqali kunu-tun uch bosqichda xizmat olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют