» » Namanganda salkam 23 mln so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Namanganda salkam 23 mln so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi


Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga doir yana bir qonunbuzarlik holati fosh qilindi, deb xabar beradi Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Fuqaro Q.A. boshqaruvida bo‘lgan Damas avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, avtotransport vositasiga fuqarolar Q.Q va M.A larga tegishli bo‘lgan qiymati 13 million so‘mlik 17 turdagi ayollar kuzgi kiyim-kechaklari hamda qiymati salkam 10 million so‘mlik 2 turdagi 11 dona mobil telefonlar ortilganligi aniqlandi. Surishtiruvlar davomida qonunbuzarlar xorijda ishlab chiqarilgan ushbu tovarlarga tegishli bironta ham hujjatni bojxonachilarga taqdim qila olmadi.

Hozirda mazkur tovarlar ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan va ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют