» » Samsung televizorlari — 12 yildan buyon yetakchi!

Samsung televizorlari — 12 yildan buyon yetakchi!


IHS xalqaro tahlil kompaniyasining tadqiqotlariga ko‘ra, Samsung kompaniyasi 12 yildan buyon televizor ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda.

Samsung televizorlari 12 yildan beri dunyoda yetakchi hisoblanadi. IHS tadqiqoti natijalariga qaraydigan bo‘lsak, Samsung bu borada 2006-yildan buyon 1-o‘rinni egallab kelyapti. Kompaniyaning bozordagi ulushi o‘sib bormoqda: hozirda bu ko‘rsatkich 26,5% ni tashkil etadi.

Eng qizig‘i, 1997-yilda jahondagi birinchi suyuq kristalli diagonali 30 dyuymga teng displeyni yaratgan kompaniya bundan keyin ham ommani hayratga solishda davom etadi desangiz, kamdan-kam inson bunga ishonardi.

2010-yilda bu Janubiy Koreya brendi 3D LED TV rusumli televizorlarni ishlab chiqarishni boshladi. Aynan shu yili Smart TV platformasi uchun dunyodagi ilk ilovalar do‘koni taqdim etildi. 2011-yilda esa Smart Hub, ya’ni Smart TV uchun mo‘ljallangan dasturiy modul ommaga tanishtirildi.

Bundan tashqari, 2013-yilda jahonda birinchi OLED TV televizorlarining yaratilishi, 2014-yilda botiq ekranli Curved UHD TV televizorlarining taqdim etilishi kompaniya tarixidan o‘rin olgan. Curved modellari hozir ham ommabopligini yo‘qotmagan, shu bois ularni ishlab chiqarish haligacha davom etmoqda. Keyinchalik Samsung OLED displeylarni tayyorlashdan to‘xtadi, bunga sabab organik materiallardan tashkil topgan bunday panellarda tasvirning “kuyishi” edi. Biroq, shunga qaramasdan, boshqa raqobatchi-kompaniyalar hali ham ushbu texnologiyadan voz kechishgani yo‘q.

Samsung rahbariyati esa bu yo‘nalishda barcha e’tiborini mustahkam va uzoq xizmat qiladigan texnologiyalarga qaratdi va bu borada to‘g‘ri qaror qabul qildi. Tasvir sifatini uzoq vaqt yo‘qotmaydigan yuqori texnologiyali televizorlarni yaratish ustidagi ishlar bir necha yil olib borildi.

Shunday qilib birinchi QLED televizorlari paydo bo‘ldi.

2018-yilda esa Samsung QLED TV video nomli mashhur nemis jurnalidan kuyishdan himoyalangan ekranlarga beriladigan sertifikatni qo‘lga kiritdi.

QLED TV texnologiyasining afzalliklari nimada?

QLED TV tasvir sifati minimalistik va funksional dizayn bilan hamohang uyg‘unlashgan. Barcha o‘tkazgichlarni yagona yarimshaffof kabelga birlashtirgan Оne Connect texnologiyasi esa chigallashgan simlardan xalos bo‘lish va yanada keng joy hosil qilishga yordam beradi.

Bunga qo‘shimcha tarzda, QLED TV televizorlarida Ambient Mode nomli interyer rejimi ham ko‘zda tutilgan, u orqali qurilma sizga foydali ma’lumotni yoki oilaviy suratni ko‘rsatadi yoki xona devoriga mos tarzda o‘zgarib deyarli ko‘rinmas tus oladi.

QLED TV – yirik formatli televizorlar bozorida yetakchi. Jahonda sotilgan 75 dyuymli diagonalga ega barcha televizorlarning deyarli yarmi Samsung tomonidan ishlab chiqarilgan. Joriy yilda xaridorlarga yetkazilgan bunday televizorlarning sotuv hajmi o‘tgan yildagiga qaraganda uch barobar ko‘paygan.

Shubhasiz, Samsung kompaniyasi televizorlar tayyorlash bo‘yicha yanada ilg‘or innovatsiyalarni yaratishda davom etadi va erishilgan natijalarda to‘xtab qolmaydi.

Instagram

Facebook

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют