» » Yaponiya kompaniyasi Nyu-Yorkdagi ko‘rgazmada kishining harakatlariga qarab tovush chiqaradigan “bilaguzuklar”ni taqdim etdi (video)

Yaponiya kompaniyasi Nyu-Yorkdagi ko‘rgazmada kishining harakatlariga qarab tovush chiqaradigan “bilaguzuklar”ni taqdim etdi (video)


Yaponiyaning Dmet Products kompaniyasi Nyu-Yorkdagi o‘yinchoqlar ko‘rgazmasida foydalanuvchining harakatlaridan kelib chiqib, turli tovushlar chiqaradigan BeatMoovz qurilmasini namoyish etdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Qurilma Bluetooth-modul va akselerometrdan iborat bo‘lib, smartfondagi 400 tovushdan iborat to‘plamga ega BeatMoovz dasturi bilan bog‘langan.

Foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida to‘rtta qurilmani ishlatishi va har biriga turli sozlar tovushini o‘rnatishi mumkin. BeatMoovz’ni nafaqat bilakka, balki oyoqqa ham taqsa bo‘ladi.

Qurilma 2017-yilning avgustidan sotuvga chiqadi.

Опубликовано: admin (21-02-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют