» » Davlat xizmatlari xodimlari Buxoro shahridagi xalqaro biznes-forumda qatnashdi

Davlat xizmatlari xodimlari Buxoro shahridagi xalqaro biznes-forumda qatnashdi


2018-yilning 10—11-sentabr kunlari Buxoro shahridagi Yoshlar markazida Аgro business Bukhara xalqaro biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 18 ta davlatidagi 120 dan ortiq kompaniyadan vakillar, O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan 200 dan ortiq xo‘jalik subyekti ishtirok etdi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi, deb yozadi “Xabar.uz”.

Biznes-forumning birinchi kuni yakunlari bo‘yicha 350 million AQSh dollariga teng 15 ta loyiha imzolandi.

Ushbu tadbirlarda Davlat xizmatlari agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari ham qatnashdi. Ular sohaga oid qonun hujjatlari, O‘zbekistonda ish boshlash uchun investorlar foydalanishi mumkin bo‘lgan xizmatlarni olish tartibini ishtirokchilarga tushuntirib, 400 dan ortiq buklet va flayer tarqatdi.

Sa’y-harakatlardan maqsad har bir tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatda yaratilayotgan qulay investitsion muhit bilan yaqindan tanishtirishdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют