» » Aleksandr? Lukashenko Toshkentga tashrifini Mustaqillik maydoni va Islom Karimov haykalini ziyorat qilishdan boshladi (foto)

Aleksandr? Lukashenko Toshkentga tashrifini Mustaqillik maydoni va Islom Karimov haykalini ziyorat qilishdan boshladi (foto)


Bugun, 12-sentabr sanasida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan Toshkentga yetib kelgani haqida xabar berilgan edi. BELTA agentligi xabariga ko‘ra, prezident Lukashenko Toshkentga tashrifini Mustaqillik va ezgulik monumentiga tashrif buyurib, yodgorlik poyiga gul qo‘yishdan boshladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 2018-yil 12—14-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikka doir keng ko‘lamli masalalarni muhokama qilish, siyosiy muloqotni, savdo-iqtisodiy, investitsiya, fan va ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish rejalashtirilgan.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali do‘stona aloqalarga yangi sur’at baxsh etishga qaratilgan salmoqli davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar va boshqa hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют